Tashuyev Rossiya futboli darajasi hozircha noma'lumligini aytdi

«Ahmat» va «Krasnodar» sobiq bosh murabbiyi Sergey Tashuyev «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida Rossiya terma jamoasining kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, terma jamoa imkon qadar tezroq xalqaro maydonga qaytishi kerak. Uningcha, bu masalani faol ilgari surish bilan birga, kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini kelishib olish ham muhim.
Tashuyev chetlatish sababli Rossiya terma jamoasi va RPL klublarining real kuchini baholash qiyinligini aytdi. U hozir Rossiya futboli qay holatda ekani ham aniq emasligini qo'shimcha qildi.
Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiyaning xalqaro arenaga qaytishi zarurligi haqida bayonot bergandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing