Endrik Lion jamoasidagi barchaga Sony PlayStation sovgʻa qildi

Braziliyalik hujumchi Endrik “Lion” safidagi debyutini yorqin boshladi: u qisqa fursatda xet-trik ham qayd etdi. Uning samarali o‘yinlari fonida fransuz klubi barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda ketma-ket 12 uchrashuvdan beri g‘alaba qozonib kelmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yangi jamoasida iliq kutib olinganidan mamnun bo‘lgan Endrik klubdagi barcha vakillarga Sony PlayStation taqdim etishga qaror qildi. Futbolchi shu yo‘l bilan yangi jamoada ijtimoiy aloqalarni tezroq mustahkamlashni ko‘zlamoqda.
Hozircha braziliyalik futbolchining “Lion” safida 6 ta o‘yini bor: 5 ta gol va 2 ta golli uzatma. Eslatib o‘tamiz, u avvalroq Madridning “Real” klubida kutilganidek o‘ynay olmagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing