Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida qisqa izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati borasida savollarga javob berdi. 32 yoshli futbolchining so‘zlari aks etgan videoni «FNL s Ilyovym» telegram-kanali tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jikiyadan klubdagi ishlari qanday ketayotgani so‘ralganda, u hammasi joyida ekanini aytdi. Shuningdek, Turkiyadagi sharoitlar ko‘nglidan chiqayotgani haqida savolga ham futbolchi jilmayib ijobiy javob qaytardi.
Jikiya o‘tgan yozda «Antalyaspor» safiga qo‘shilgandi. Shu vaqt ichida u 13 uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol muallifi bo‘ldi.
Hozir «Antalyaspor» Turkiya Superligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 13 fevral kuni o‘z maydonida «Samsunspor»ga qarshi o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing