Endrik Lion jamoasi vakillariga PlayStation sovg‘a qildi

Braziliyalik Endrik «Lion» safidagi debyutini juda yorqin o‘tkazdi: u qisqa fursatda xet-trik qayd etib, jamoasining natijalariga ham katta turtki berdi. Uning samarali o‘yini fonida fransuz klubi barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda ketma-ket 12 uchrashuvda g‘alaba qozonmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yangi jamoada o‘zini juda yaxshi his qilayotgan Endrik klubdagi qabuldan mamnun bo‘lib, «Lion»ning barcha vakillariga Sony PlayStation sovg‘a qilishga qaror qildi. Shu tariqa u yangi jamoada ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga ham e’tibor qaratmoqda.
Hozircha Endrik «Lion» tarkibida 6 o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Eslatib o‘tamiz, u avvalroq Madridning «Real» klubida kutilgan darajada muvaffaqiyatli o‘ynay olmagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!