date

Aldo Serena Milan skudettoni oxirigacha quvlaydi

Aldo Serena Milan skudettoni oxirigacha quvlaydi

Italiyaning "Inter" klubida to'p surgan sobiq hujumchi Aldo Serena bu mavsumda "Inter"ning asosiy raqibi bo'lib turgan "Milan" imkoniyatlarini yuqori baholadi. Uning fikricha, Massimiliano Allegri jamoasi hozircha raqibidan 5 ochko ko'proq yo'qotganiga qaramay, chempionlik uchun kurashni so'nggi turgacha davom ettiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serena "Milan" hali ham skudettoni qo'lga kiritish poygasida qolayotganini ta'kidladi. U bunga sabab sifatida "Inter"ning Yevropa Chempionlar ligasidagi ishtirokini keltirdi: ushbu musobaqa katta kuch va energiya talab qiladi. Hatto sobiq forvard chempionlik poygasida "Milan"ni favorit sifatida ham ko'rayotganini bildirdi, deya uning so'zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Mart oyining boshida "Milan" va "Inter" o'zaro uchrashuv o'tkazadi — derbi 8-mart kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aldo Serena Milan skudettoni oxirigacha quvlaydi