date

Al-Hilol Nunyessiz qoldi, tarkibga Benzema kiritildi

Al-Hilol Nunyessiz qoldi, tarkibga Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arabiston chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ni boshqarayotgan italiyalik murabbiy klubga yangi kelib qo‘shilgan Karim Benzemani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Nunesni liga uchun berilgan arizadan chiqarib tashladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Nunes jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun qaydnomada qoldirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Darvin Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida to‘p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay milliy jamoasiga jalb etilib keladi va hozirgacha terma jamoa safida 13 ta gol urgan. 2022 yilgi Qatar jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Nunyessiz qoldi, tarkibga Benzema kiritildi