date

Endrik Lion jamoasidagi barchaga Sony PlayStation sovgʻa qildi

Endrik Lion jamoasidagi barchaga Sony PlayStation sovgʻa qildi

Braziliyalik Endrik «Lion» safida zoʻr debyut oʻtkazdi: u qisqa vaqt ichida xet-trik ham qayd etib, jamoasining natijalariga katta hissa qoʻshmoqda. Uning yorqin oʻyini fonida fransuz klubi barcha musobaqalarni inobatga olganda ketma-ket 12 ta uchrashuvda gʻalaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangi klubdagi iliq kutib olish Endrikni juda xursand qildi. Shu sabab u «Lion»dagi barcha vakillarga bittadan Sony PlayStation sovgʻa qilishga qaror qildi — futbolchi shu yoʻl bilan yangi jamoada muhitga tezroq moslashib, aloqalarni mustahkamlashni istamoqda.

Hozircha Endrik «Lion» tarkibida 6 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Eslatib oʻtamiz, u avvalroq Madridning «Real» klubida kutilgan darajada samarali oʻynay olmagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik Lion jamoasidagi barchaga Sony PlayStation sovgʻa qildi