date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibni zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj, shu sabab Delgado va Rikelme transfer masalalarida faol ishlashi kutilmoqda.

Delgado futbolchi sifatida ham boy tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi