date

Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Djikiya «Antalyaspor»dagi maosh to‘lovlari kechikayotganidan norozi. Shu bois u Rossiya Premyer-ligasidagi klublardan kelayotgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Arutyunov ta’kidlashicha, kechikishlar noyabr oyidan beri davom etmoqda, qolgan jihatlarda esa futbolchi Turkiyadagi sharoitdan mamnun.

32 yoshli himoyachi «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda qo‘shilgandi va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urdi hamda 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin