date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs o‘tkazadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin vaqt ichida maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safargi o‘yinda ham u ro‘yxatda bo‘lmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim uchrashuv bor», — dedi Jezush. Murabbiy so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Jezush, shuningdek, Ronalduga dam berish yangilik emasligini ta’kidladi: hujumchi Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan ayrim bahslarda avval ham maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o‘yini shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduga navbatdagi o'yinda dam berdi