date

Al-Hilal Nunyyesni chempionat ro'yxatidan chiqarib tashladi

Al-Hilal Nunyyesni chempionat ro'yxatidan chiqarib tashladi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunyyes mavsumning qolgan qismida Arabiston chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilal»ni boshqarayotgan italiyalik murabbiy uni turnir uchun ro'yxatdan chiqarib, o'rniga klubga qo'shilgan Karim Benzemani kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shu bilan birga, Nunyyes Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun qaydnomada qolmoqda va qit'a musobaqasida jamoasiga yordam berishda davom etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchi avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan beri Urugvay terma jamoasiga chaqirilib keladi, hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan va 2022 yil Qatardagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilal Nunyyesni chempionat ro'yxatidan chiqarib tashladi