Angliya FA ichida Tuchel bilan shartnoma uzaytirilishidan norozi bor

Kecha Tomas Tuchel Angliya Futbol Assotsiatsiyasi bilan shartnomasini uzaytirgani va Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettirishi rasman e’lon qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline xabariga ko'ra, FAdagi ayrim yuqori lavozimli amaldorlar bu qarordan qoniqmagan. Ularning fikricha, nemis mutaxassisi bo'yicha yakuniy xulosa Jahon chempionatidan keyin chiqarilishi kerak edi — turnir natijasidan tashqari, Tuchelning taktik qarashlari va yetakchilik fazilatlari ham batafsil baholanishi lozim edi.
Assotsiatsiyadagi ayrim vakillar esa shartnoma faqat Tuchelni boshqa klub yoki loyiha olib ketishidan xavotir sabab tezlashtirilganini ta’kidlashmoqda.
Avvalroq Tomas Tuchel yozda “Manchester Yunayted”ning ehtimoliy nomzodlari ro'yxatiga kirgani haqida mish-mishlar ham tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!