date

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi

Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buning ortida shanba kungi muhim bahs — “Al-Fateh”ga qarshi o‘yin turganini ta’kidladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda, Jezush Ronalduga dam berish yangilik emasligini ham qo‘shimcha qilgan: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va sababini aytdi