date

Kurtua Benfika bilan o'yinda natija boshqacha bo'lishini aytdi

Kurtua Benfika bilan o'yinda natija boshqacha bo'lishini aytdi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi bo'ladigan to'qnashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoalar umumiy bosqichning so'nggi turida ham uchrashgan, o'sha bahs “qaymoqranglilar” uchun omadsiz yakunlangan edi: 2:4 hisobidagi mag'lubiyat sabab ispaniyalik grand 1/8 finalga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmadan quruq qolgan. Endi esa Alvaro Arbeloa boshchiligidagi jamoa pley-offdagi stykov raundda yana “burgutlar” bilan ro'baro' keladi.

“Lissabondagi o'yin juda og'ir o'tgandi. Bu stadionda g'alaba qozonish qiyin, o'sha kuni biz eng yaxshi o'yinimizni ko'rsata olmaganimizni bilaman. Lekin bundan xulosa chiqardik. Bu safar hammasi boshqacha bo'ladi, chunki oldinda “Bernabeu”da javob uchrashuvi borligini tushunib turibmiz”, — dedi Kurtua.

Birinchi uchrashuv 17-fevral kuni Lissabonda, javob o'yini esa 25-fevral kuni Madridda bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kurtua Benfika bilan o'yinda natija boshqacha bo'lishini aytdi