date

Djikiya maosh muammosi sabab RPL variantlarini ko'rib chiqmoqda

Djikiya maosh muammosi sabab RPL variantlarini ko'rib chiqmoqda

Rossiyalik himoyachi, hozirda "Antalyaspor" safida to'p surayotgan Georgiy Djikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi klubdagi maosh kechikishlaridan norozi va shu sabab Rossiya Premyer-ligasidagi jamoalardan tushayotgan takliflarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to'lovlar noyabr oyidan beri ushlanib kelmoqda, biroq Djikiya Turkiyadagi sharoitlardan umuman olganda mamnun.

32 yoshli himoyachi "Antalyaspor"ga o'tgan yil yozida qo'shilgandi. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ikki gol urdi va uch bor sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya maosh muammosi sabab RPL variantlarini ko'rib chiqmoqda