date

Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Turkiyaning Antalyaspor jamoasida to‘p surayotgan rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiyaning kelajagi borasida uning agenti Malik Arutyunov izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, futbolchi maoshning kechiktirilayotgani tufayli norozi va shu sabab Rossiya Premer-ligasidagi klublar variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Arutyunov maosh masalasi noyabrdan beri cho‘zilayotganini, biroq Djikiya Turkiyadagi boshqa sharoitlardan mamnun ekanini ta’kidladi.

32 yoshli himoyachi Antalyaspor safiga o‘tgan yil yozida qo‘shilgandi. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin