date

Martines Ronalduning qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Martines Ronalduning qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronalduning qachon futbolchilik faoliyatiga nuqta qoʻyishi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fevral boshida 41 yoshni qarshi olgan Ronaldu hanuz yuqori sport formasida ekani taʼkidlandi. Martines BBC bilan suhbatda uning jismoniy ko‘rsatkichlari hali uzoq vaqt o‘ynashga yetishini aytar ekan, asosiy mezon futbolchining o‘zi qachon “vaqt keldi” deb his qilishida ekanini urg‘uladi.

Murabbiy fikricha, Ronaldu o‘ziga juda talabchan: u jamoaga endi foyda bera olmayotganini sezsa, shundan keyingina to‘xtash bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Klub miqyosida yulduz hujumchi “Al-Nasr” sharafini himoya qiladi. Xabarlarga ko‘ra, u klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani sababli bir necha uchrashuvni o‘tkazib yuborganidan keyin shanba kuni yana tarkibga qaytishi kutilmoqda.

“Al-Fateh” — “Al-Nasr” bahsini LiveResult sayti orqali matnli translyatsiyada kuzatish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronalduning qachon faoliyatini yakunlashini aytdi