date

Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi

Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega navbatdagi uchrashuvda qatnashmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Ronalduning yaqinda maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu o'yinda ham portugaliyalik yulduz tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronalduga va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishni ma'qul ko'rgan. Murabbiy buni shanba kuni bo'lib o'tadigan "Al-Fateh"ga qarshi muhim uchrashuv bilan bog'ladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda ta'kidlanishicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan o'yinlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatining "Al-Fateh" – "Al-Nasr" uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga dam berdi va u maydonga tushmaydi