Gateway va Axiom Space stansiyalarida korroziya aniqlandi

Oy orbitasida qurilishi rejalashtirilgan Gateway stansiyasi va Axiom Space tijoriy stansiyasining asosiy modullarida jiddiy texnik muammolar yuzaga keldi. Northrop Grumman tomonidan ishlab chiqilayotgan HALO va Yevropa kosmik agentligining I-Hab modullarida korroziya belgilari topilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
NASA vakili Jared Ayzekman AQSh Kongressidagi eshituvlar chog'ida ushbu nuqsonlar loyihaning amalga oshirilish muddatlarini kechiktirishi va xarajatlarni sezilarli darajada oshirishi mumkinligini ma'lum qildi. Hozirda Northrop Grumman kompaniyasi NASA bilan kelishilgan holda ta'mirlash ishlarini olib bormoqda.
Muammolar Thales Alenia Space kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan germetik bo'lmalarda kuzatilgan. Yevropa kosmik agentligi mutaxassislari korroziya sabablarini o'rganish uchun maxsus guruh tuzgan bo'lib, dastlabki xulosalarga ko'ra, nuqsonlar ishlab chiqarish jarayoni va materiallar xususiyati bilan bog'liq.
Shunga qaramay, mutaxassislar ushbu nosozliklarni bartaraf etish mumkinligini va ular missiya uchun kritik xavf tug'dirmasligini ta'kidlamoqda. Axiom Space stansiyasining birinchi modulini uchirish rejasi o'zgarishsiz qolib, 2028 yilga mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!