Boka Xuniors Marcelo Delgadoni sport direktori etib tayinladi

Argentina klubi «Boka Xuniors» yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimni Marcelo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Boka» tarkibni zudlik bilan kuchaytirishga muhtoj. Shu bois Delgadoning asosiy vazifalaridan biri Rikelme bilan birga jamoani qisqa muddat ichida zarur transferlar orqali mustahkamlash bo‘ladi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores Kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!