Jikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiya yaqin kelajakda jamoasini almashtirishi ehtimoli bor. Futbolchining agenti Malik Arutyunov uning kelajagi bo'yicha fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiya maoshlar kechiktirilayotganidan norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to'lovlar noyabr oyidan beri kechikmoqda, biroq futbolchi Turkiyadagi hayot va sharoitlardan umuman olganda mamnun.
32 yoshli himoyachi «Antalyaspor» safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan. U turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Turkiya Superligasida Jikiya 12 uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 3 ta sariq kartochka bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!