Pochettino Messi Neymar va Mbappeni boshqarish oson emas dedi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijda ishlagan davrini eslab, yulduz futbolchilar bilan ishlashning o'ziga xos murakkab tomonlari borligini ta'kidladi. Argentinalik mutaxassis qo'l ostida hujum chizig'ida Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe triosi to'p surgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pochettino fikricha, bunday darajadagi futbolchilar ba'zan o'zlari o'ynayotgan klubdan ham kattaroq ta'sirga ega bo'ladi. U, xususan, Messidan doimiy pressing kutish noto'g'ri ekanini aytdi: uning so'zlariga ko'ra, Messi hech qachon faol pressing uslubida o'ynamagan, hatto Pep Gvardiola davridagi eng yaxshi yillarida ham. Murabbiy qayd etishicha, jamoa natija ko'rsatmasa, tanqid ko'pincha bosh murabbiyga qaratiladi.
Hozirda Maurisio Pochettino AQSH terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. OAVda esa argentinalik murabbiy yozda “Tottenhem”ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!