Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashtirgani haqida gapirdi

«Kairat» himoyachisi Aleksandr Martynovich «Real» hujumchisi Kilian Mbappe bilan Yevropa Chempionlar ligasi uchrashuvidan keyin futbolka almashgan. Martynovich stadionning ichki qismida Mbappedan futbolkasini so'ragan va futbolchi bunga rozi bo'lgan. «Kairat» — «Real» bahsi o'tgan yilning sentyabrida o'tkazilib, Madrid klubi 5:0 hisobida g'alaba qozongan.
Qozogʻistonning «Kairat» klubi himoyachisi Aleksandr Martynovich Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi uchrashuvdan keyin «Real» hujumchisi Kilian Mbappe bilan futbolka almashganini eslab oʻtdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, u oʻyindan keyin stadionning ichki qismida Mbappedan futbolkasini soʻragan va yulduz forvard bunga rozi boʻlgan. Shundan soʻng Martynovich Mbappedan: «Menga o‘zingnikini berding, senikiga mening futbolkam ham kerakmi?» deb soʻragan, Mbappe esa «albatta» deya javob bergan.
Eslatib oʻtamiz, «Kairat» — «Real» bahsi oʻtgan yilning sentyabrida boʻlib oʻtgan va Madrid klubi 5:0 hisobida yirik gʻalabaga erishgandi.






























Izohlar 0
…