Fabregas Morataning chetlatilishidan keyin keskin gapirdi

"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas "Fiorentina"ga qarshi o'yinda hujumchi Alvaro Morataning maydondan chetlatilishi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniyalik futbolchi ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi, biroq uchrashuvni oxirigacha davom ettira olmadi. Yakuniy daqiqalarda u atigi ikki daqiqa ichida ketma-ket ikki sariq kartochka oldi va qizil bilan jazolandi. Ikkinchi ogohlantirish raqib bilan tortishuv paytidagi sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakat uchun ko'rsatildi.
Fabregas o'yindan keyingi intervyusida jamoasining chetlatilishi bilan bog'liq vaziyatdan norozi ekanini yashirmadi: "Provokatsiyani ko'tara olmaydiganlar boshqa sport turi bilan shug'ullansin. Morata kabi tajribali futbolchidan ko'proq narsani kutaman", dedi murabbiy.
Uchrashuv "Komo" uchun omadsiz yakunlandi — 1:2.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!