date

Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi

Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijda yulduzli futbolchilar bilan ishlash tajribasi haqida fikr bildirdi. Uning qo'l ostida hujumda Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe uchligi birga to'p surgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pochettino ta'kidlashicha, bunday darajadagi futbolchilar bilan ishlash doim ham oson kechmaydi: ba'zan ular to'p tepayotgan klubidan ham kattaroq shaxsga aylanadi. Murabbiy Messi misolida pressing masalasiga to'xtalib, undan doimiy bosim kutib bo'lmasligini, u hatto Gvardiola davridagi eng yaxshi yillarida ham bu uslubni muntazam qo'llamaganini eslatdi. Pochettinoga ko'ra, natija bo'lmasa, odatda javobgarlik murabbiy zimmasiga tushib qoladi.

Hozirda Pochettino AQSh terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Shu bilan birga, argentinalik mutaxassis yozda yana “Tottenhem”ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar ham yuribdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emasligini aytdi