date

Ikardi uch gol urib Galatasaray tarixida rekord o'rnatdi

Ikardi uch gol urib Galatasaray tarixida rekord o'rnatdi

Turkiya chempionatining 22-turida “Galatasaray” “Eyupspor”ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuvning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu uch gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner unvonini olib keldi. U ruminiyalik Georghe Xadjini ortda qoldirdi: Xadji “Galatasaray” safida 75 marta raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor.

Umumiy to'purarlar ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog'onada qayd etilgan. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Turkiyaning “Galatasaray” klubida to'p surmoqda, bungacha u “PSJ” sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi uch gol urib Galatasaray tarixida rekord o'rnatdi