date

APL grandlari Yuvventus himoyachisi Lloyd Kelligа ko'z tikdi

APL grandlari Yuvventus himoyachisi Lloyd Kelligа ko'z tikdi

Turinning “Yuvventus” klubi himoyachisi Lloyd Kelli faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Insayder Mirko di Natale ijtimoiy tarmoqlarda aynan shu haqda xabar tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchiga Angliyaning bir nechta yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda. Londonning “Chelsi” va “Tottenhem” jamoalari, shuningdek amaldagi APL chempioni “Liverpul” Kelli transferini kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Kelli “keksa sinora” safida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi. Uning shartnomasi 2029 yil o'rtalarigacha amal qiladi, futbolchining bozor bahosi esa 20 million yevroga teng.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » APL grandlari Yuvventus himoyachisi Lloyd Kelligа ko'z tikdi