date

Ronaldinyo Olimpiada chempioni Brotenni tabrikladi

Ronaldinyo Olimpiada chempioni Brotenni tabrikladi

“Barselona” va “Milan”ning sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo Italiyada o‘tayotgan Qishki Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan braziliyalik tog‘ chang‘ichisi Lukas Pineyro Brotenga tabrik yo‘lladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Afsonaviy futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan xabarida: “Lukas, g‘alaba bilan tabriklayman. Bu yutug‘ing biz uchun katta faxr”, — deya yozdi.

Ronaldinyo faoliyati davomida “Barselona” va “Milan”dan tashqari “Gremio”, “PSJ”, “Flamengo”, “Atletiko Mineyro”, “Fluminense” hamda “Kerataro” sharafini ham himoya qilgan. Braziliya milliy jamoasida esa 97 uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldinyo Olimpiada chempioni Brotenni tabrikladi