Spalletti Juventus maglubiyatidan keyin hakamga tashlandi

Italiya A seriyasining 25-tur markaziy bahsida Milanning «Inter» jamoasi Turinlik «Yuventus»ni qabul qildi. Uchrashuv «neradzurrilar»ning 3:2 hisobidagi golli g'alabasi bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Final hushtagidan so'ng «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti o'yin hakami Federiko la Penna tomonga keskin yo'l oldi. Mutaxassis arbitrning ishidan keskin norozi bo'lgani Gazzetta dello Sport tomonidan xabar qilindi.
Manbaga ko'ra, tomonlar stadionning tunel qismida ham bahsni davom ettirgan va u yerda kichik tortishuv yuzaga kelgan. Vaziyat atrofida Jorjo K'yellini hamda Damyen Komolli ham ko'ringani aytilmoqda.
Ushbu mag'lubiyatdan keyin «Yuventus» 46 ochko bilan A seriyasi jadvalida 5-o'rinda bormoqda. «Inter» esa 61 ochko jamg'argan holda peshqadamlikni mustahkam ushlab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!