Jezush Ronalduni yaqin o'yinga olib chiqmasligini aytdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchining tez orada safga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, eng yaqin o'yinda u yana qaydnomada bo'lmaydi.
Murabbiy so'zlariga ko'ra, jamoa zich taqvimni inobatga olib, Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini dam oldirishga qaror qilgan. Jezush bu qarorni oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim uchrashuv borligi bilan izohladi.
Shuningdek, u Ronalduning dam olishi yangilik emasligini ta'kidladi: superyulduz Saudiya Arabistoni tashqarisida o'tadigan ayrim o'yinlarni avval ham o'tkazib yuborgan. Bu fikrlarni Al Nassr Zone nashri keltirdi.
Saudiya chempionatidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!