Pochettino Messi, Neymar va Mbappeni boshqarish oson emas dedi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yulduz futbolchilar bilan ishlashning murakkab jihatlari haqida fikr bildirdi. Argentinalik mutaxassis Parijda ishlagan davrida hujumda Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappe uchligi to‘p surgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pochettinoning ta’kidlashicha, bunday darajadagi futbolchilar bilan ishlash har doim ham oddiy kechmaydi: ular ba’zan o‘ynayotgan klubidan ham kattaroq e’tiborga ega bo‘ladi. Murabbiy Messi misolida pressing mavzusini ko‘tardi — uning aytishicha, Lionel hech qachon faol pressing qilmagan, hatto Gvardiola qo‘l ostidagi eng yaxshi yillarida ham. Shu sabab, natija bo‘lmasa, ko‘pincha ayb murabbiy zimmasiga yuklanadi, deya Pochettinoning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Ayni paytda Maurisio Pochettino AQSH terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. OAVda esa argentinalik mutaxassis yozda yana “Tottenhem”ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!