Martines Ronalduning qachon to'xtashini o'zi hal qiladi dedi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Fevral boshida 41 yoshni qarshilagan Ronaldu haqida Martines uning hozirgi jismoniy holati hali uzoq o'ynashga imkon berishini ta'kidladi. Murabbiy fikricha, asosiy mezon — futbolchining o'zi qachon to'g'ri payt keldi deb his qilishi. «U o'ziga juda talabchan. Jamoaga endi foydasi tegmayapti, degan xulosaga kelsa, shunda to'xtash bo'yicha qaror qiladi», — dedi Martines BBC bilan suhbatda.
Klub miqyosida Ronaldu hozir «Al-Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Xabarlarga ko'ra, yulduz hujumchi klub boshqaruvidan noroziligini bildirganidan so'ng bir necha uchrashuvni o'tkazib yubordi va shanba kuni yana jamoa qaydnomasiga qaytishi kutilmoqda.
«Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult saytida matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!