date

Ikardi uch gol urdi va Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi uch gol urdi va Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida "Galatasaray" "Eyupspor"ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoniga aylangan argentinalik hujumchi Mauro Ikardi xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu uch gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner unvonini olib keldi. U bu ko'rsatkichda ruminiyalik Georghe Haji natijasidan oshib ketdi: Haji "Galatasaray" safida 75 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, Ikardining hisobida endi 76 gol bor.

Umumiy to'purarlik ro'yxatida esa argentinalik futbolchi "Galatasaray" tarixidagi eng yaxshi bombardirlar orasida yettinchi pog'onaga ko'tarildi. Eslatib o'tamiz, Ikardi turk grandida 2023 yildan beri to'p surmoqda, bungacha u "PSJ" sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi uch gol urdi va Galatasaray rekordini yangiladi