date

Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘yishi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fevral boshida 41 yoshni qarshilagan Ronaldu haqida Martines BBC bilan suhbatda uning jismoniy ko‘rsatkichlari hanuz maydonda uzoq qolishiga yetarli ekanini ta’kidladi.

Murabbiy fikricha, asosiy masala vaqt emas, balki futbolchining o‘zi qachon to‘g‘ri pallani his qilishida. Martines Ronaldu juda talabchan va o‘ziga nisbatan keskin futbolchi ekanini, jamoaga foydasi kamayganini sezsa, qarorni ham o‘zi qabul qilishini aytdi.

Klub miqyosida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, u klub boshqaruvidagi qarorlardan norozi bo‘lib bir necha o‘yinni o‘tkazib yuborganidan so‘ng, shanba kuni yana tarkibga qaytishi kutilmoqda.

«Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult saytida matnli onlayn translatsiya orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi