date

Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari nishoniga aylandi

Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari nishoniga aylandi

Anxel di Mariya vataniga qaytgach, dastlabki ijobiy natijalardan keyin murakkab davrga duch keldi. Biroq bu holat ko'proq uning o'yinidan emas, balki raqiblar va muxlislar orasida kuchaygan norozilikdan kelib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Argentina chempionatida «Rosario Sentrale» safida to'p surayotgan sobiq «Manchester Yunayted» va «Real» futbolchisiga nisbatan asosiy e'tirozlar — maydonda tez-tez yiqilib, jarima zarbasini yoki penalti so'rashga urinishi haqidagi da'volar. Mahalliy futbol forumlarida “nega di Mariyani hiylalari uchun ogohlantirishmaydi”, “u yulduz, ammo bu harakatlar joniga tegdi”, “shunday saviyadagi futbolchining penalti so'rab qolishi achinarli” mazmunidagi fikrlar ko'paygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari nishoniga aylandi