date

Martynovich Xaverts bilan o'yindan keyingi kulgili suhbatni esladi

Martynovich Xaverts bilan o'yindan keyingi kulgili suhbatni esladi

"Kayrat" futbolchisi Aleksandr Martynovich Chempionlar ligasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng raqib yarim himoyachisi Kay Xaverts bilan bo'lgan qiziqarli muloqotini aytib berdi. Uning so'zlariga ko'ra, londonlik futbolchiga Martynovichning yuzi tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Martynovichning ta'kidlashicha, Xaverts: "Negadir yuzing menga juda tanish" degan. Aleksandr esa bunga javoban avvalroq "Bayer"ga qarshi o'ynaganini, o'shanda nemis klubidan o'tib ketishganini, keyin esa Xaverts "Chelsi"da bo'lgan paytda ham ular bir necha bor to'qnash kelishganini eslatgan.

Shuningdek, Martynovich o'z kolleksiyasida Xavertsning o'yin futbolkasi borligini ham qo'shib o'tdi. Aleksandr avvalroq Rossiya chempionatida ham to'p surib, "Krasnodar", "Ural" va "Rubin" sharafini himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" va "Kayrat" yanvar oxirida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so'nggi turida uchrashgan. London klubi o'z maydonida 3:2 hisobida g'alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martynovich Xaverts bilan o'yindan keyingi kulgili suhbatni esladi