date

Bavariya No'yerning jarohati bo'yicha rasmiy xabar berdi

Bavariya No'yerning jarohati bo'yicha rasmiy xabar berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bir muddat jamoa sardori Manuel No'yersiz qoladi. Klub rasmiy sayti orqali darvozabonning jarohati haqida bayonot e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bundesliga doirasida «Verder»ga qarshi o'yinda No'yer chap boldir mushagida mushak tolasi yirtilishini olgan.

«Bavariya» 39 yoshli posbonning tiklanish muddatlarini hozircha ochiqlamadi. Germaniya OAV avvalroq No'yer 21 fevral kuni «Ayntraxt»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkinligini yozgandi.

Eslatib o'tamiz, «Bavariya» «Verder»ni 3:0 hisobida yirik tarzda mag'lub etdi. Myunxenliklar Bundesligada ishonchli peshqadam, ikkinchi o'rindagi Dortmundning «Borussiya»si ulardan olti ochko ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya No'yerning jarohati bo'yicha rasmiy xabar berdi