Pochettino Messi, Neymar va Mbappe bilan ishlash oson emas dedi

PSJning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Parijda yulduz futbolchilar bilan ishlash qanday kechgani haqida fikr bildirdi. Argentinalik mutaxassis davrida hujum chizigida Lionel Messi, Neymar va Kiliyan Mbappe uchligi to'p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pochettinoning ta'kidlashicha, bunday darajadagi futbolchilarni boshqarish murakkab: ayrim paytlar ular o'ynayotgan klubdan ham kattaroq bo'lib ko'rinadi. U Messidan doimiy pressing kutib bo'lmasligini aytdi: Messi hech qachon muntazam pressing qilmagan, hatto Gvardiola davridagi eng kuchli yillarida ham. Murabbiy so'zlariga ko'ra, natija bo'lmasa, ayb baribir bosh murabbiy zimmasiga yuklanadi.
Hozirda Pochettino AQSH terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Shu bilan birga, yozda uning yana «Tottenxem»ga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar ham tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!