date

Ikardi uch gol urib Galatasaray tarixiga kirdi

Ikardi uch gol urib Galatasaray tarixiga kirdi

Turkiya chempionatining 22-tur uchrashuvida "Galatasaray" "Eyupspor" ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi — 5:1. Bahsning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu uchta gol Ikardiga klub tarixida yangi rekord olib keldi: u "Galatasaray" safida eng ko'p gol urgan legionerga aylandi. Mauro hisobidagi gollar soni 76 taga yetib, u bu ko'rsatkichda ruminiyalik Georgi Hadjini (75) ortda qoldirdi.

Qayd etilishicha, umumiy to'purarlar ro'yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog'onada bormoqda. Hujumchi "Galatasaray"da 2023 yildan beri o'ynab kelmoqda, avval esa "PSJ" sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi uch gol urib Galatasaray tarixiga kirdi