Ikardi uch gol urib Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaray Eyupsporni yirik hisobda maglub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'lib, u xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uch gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner maqomini olib keldi. U avvalgi yetakchi, ruminiyalik Georhe Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining hisobida 75 gol bo'lgan, Ikardining gollari esa endi 76 taga yetdi.
Umumiy to'purarlar ro'yxatida ham Ikardi yettinchi pog'onaga joylashdi. 2023 yildan beri Galatasaray safida to'p surib kelayotgan hujumchi avvalroq PSJ sharafini himoya qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing