date

Djikiya maosh muammosi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

Djikiya maosh muammosi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin

«Antalyaspor»da to‘p surayotgan rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiya kelajagi borasida gap-so‘zlar kuchaydi. Futbolchining agenti Malik Arutyunov uning vaziyati haqida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Djikiya maosh to‘lovlaridagi kechikishlardan norozi va shu bois Rossiya Premer-ligasi klublaridan tushishi mumkin bo‘lgan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, maosh noyabr oyidan beri kechikmoqda, qolgan jihatlarda esa futbolchi Turkiyadagi sharoitlardan mamnun.

32 yoshli himoyachi «Antalyaspor» safiga o‘tgan yozda qo‘shilgandi. Djikiya turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Georgiy 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya maosh muammosi sabab klubini o‘zgartirishi mumkin