date

Djikiiya klubini o'zgartirishi mumkin, agent sababni aytdi

Djikiiya klubini o'zgartirishi mumkin, agent sababni aytdi

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiiyaning vakili Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning so'zlariga ko'ra, Djikiya maosh kechikayotgani sabab Turkiyadagi holatdan norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, maosh bo'yicha kechikishlar noyabr oyidan beri davom etmoqda, qolgan masalalarda esa futbolchi Turkiyadagi hayotdan mamnun.

32 yoshli himoyachi o'tgan yozda Antalyaspor safiga qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiiya klubini o'zgartirishi mumkin, agent sababni aytdi