date

Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Djikiya «Antalyaspor»da maoshlar kechikayotgani uchun norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Qayd etilishicha, to'lovlar noyabr oyidan beri ushlanib kelmoqda, qolgan jihatlardan esa u Turkiyadagi hayotidan mamnun.

32 yoshli himoyachi «Antalyaspor» safiga o'tgan yozda qo'shilgan va turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum Turkiya Superligasida Djikiya 12 uchrashuvda maydonga tushib, ikki gol urdi hamda uch marta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin