Al-Nasr murabbiyi Ronaldo hozir dam olayotganini aytdi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq navbatdagi bahsda ham uning ishtiroki bo'lmaydi.
Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronaldoga va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy bu qarorni oldinda "Al-Fateh"ga qarshi muhim o'yin turgani bilan izohladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda ta'kidlanishicha, Ronaldoning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni birinchi marta o'tkazib yuborayotgani yo'q.
Saudiya chempionati doirasidagi "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!