date

Kapello Bastonining harakatini keskin qoraladi va simulyatsiya dedi

Kapello Bastonining harakatini keskin qoraladi va simulyatsiya dedi

Italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello Turin «Yuventus»i himoyachisi Per Kalulyuning Milan «Inter»iga qarshi o‘yinda (2:3) qizil kartochka olgan vaziyatini muhokama qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kapelloning fikricha, «Inter» futbolchisi Alessandro Bastoni hakamni chalg‘itish uchun simulyatsiya qilgan va bu holatni ko‘rish juda yoqimsiz bo‘lgan. Mutaxassis Bastoni Italiya terma jamoasi futbolchisi ekanini eslatib, bunday yo‘l tutmasligi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, Kapello «Inter» bosh murabbiyi Kivuning o‘sha epizod bo‘yicha aytgan gaplaridan ham norozi bo‘ldi: unda murabbiy futbolchisini oqlayotgandek taassurot paydo bo‘lganini bildirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «neradzurrilar» A Seriyada peshqadamlikni yanada mustahkamladi, «keksa sinyora» esa turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kapello Bastonining harakatini keskin qoraladi va simulyatsiya dedi