date

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi

Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida “Galatasaray” “Eyupspor”ni yirik hisobda taslim etdi — 5:1. Uchrashuvning bosh qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘ldi: u uchta gol urib, jamoasiga ishonchli g‘alaba keltirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ikardining bu xet-triki klub tarixida ham alohida ahamiyat kasb etdi. U “Galatasaray” safida urgan gollari sonini 76 taga yetkazib, ruminiyalik Georghe Hadjini (75) ortda qoldirdi va Istanbul klubining tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Umumiy to‘purarlar ro‘yxatida esa Ikardi hozircha yettinchi o‘rinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, u “Galatasaray”da 2023 yildan beri o‘ynamoqda, bungacha esa PSJ sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi xet-trik qildi va Galatasaray rekordini yangiladi