Fransiyada Safonov PSJning asosiy darvozaboni bo'lib qoladi

Lequipe jurnalisti Ugo Delom PSJning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonovning Liga 1 doirasida «Renn»ga qarshi o'yindagi harakatlariga baho berdi. Parij klubi safarda 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist fikricha, yirik hisobdagi mag'lubiyat uchun aybni faqat darvozabonga yuklab bo'lmaydi — bu butun jamoaning natijasi. Delom ushbu o'yin darvozabonlar ierarxiyasiga ta'sir qilmasligini, Safonov baribir birinchi raqam bo'lib qolishini va Luis Enrike unga ishonch bildirishda davom etishini ta'kidladi.
Fransiya chempionatining 22 turidan so'ng PSJ 51 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Luis Enrike shogirdlari peshqadam «Lans»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing