Al-Nasr ustozi Ronalduga navbatdagi o‘yinda dam berdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar Ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so‘ng tez orada qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham jamoa ro‘yxatidan joy olmaydi.
Jezushning aytishicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish rejalashtirilgan. Murabbiy buni yaqin kunlarda bo‘ladigan muhim «Al-Fateh»ga qarshi bahs bilan izohladi.
Shuningdek, u Ronaldu uchun bunday tanaffus yangilik emasligini, Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarda u avval ham bir necha bor qatnashmaganini ta’kidladi. Jezushning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!