Pimenov Rossiya terma jamoasiga har qanday o'yin foyda deydi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ruslan Pimenov 2026 yil mart oyida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvlari va ehtimoliy raqiblar haqida fikr bildirdi. Avvalroq rossiyaliklar Mali hamda Gvatemala terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pimenovga ko‘ra, xorijiy terma jamoalarga qarshi o‘yinlarning har biri jamoa uchun foydadan xoli emas. U raqibning reytingdagi o‘rni muhim emasligini, imkon bor ekan, ko‘proq uchrashuv o‘tkazib, tajriba to‘plash kerakligini ta’kidladi.
FIFA reytingida Mali 54-o‘rinda, Gvatemala 94-o‘rinda qayd etilgan, Rossiya esa 36-pog‘onada turibdi. Rossiya terma jamoasi bu ikki raqib bilan avval hech qachon o‘ynamagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!