Bolonya Tommazo Pobegani to'liq transfer qildi

Yarim himoyachi Tommazo Pobega rasman "Bolonya" futbolchisiga aylandi — endi u jamoada ijara asosida emas, to'liq huquqli futbolchi sifatida o'ynaydi. Ushbu kelishuv natijasida "Milan" 7 million yevro oladi. Futbolchi bilan shartnoma 2030 yilgacha tuzildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Majburiy sotib olish bandini ishga tushirgan shart 15 fevraldan keyin kuchga kirgan. Pobega avval "Bolonya" safida ikki mavsum ijara asosida to'p surib, jami 55 uchrashuvda maydonga tushdi. Bu o'yinlarda u 7 ta gol urib, 5 bor jamoadoshlariga golli pas uzatdi.
Ayni paytda "Bolonya" A Seriya turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing